Bangkonkdan xushxabar!
Yana bir vakilamiz yo‘llanmani naqd qildi
Bokschi qizlarimiz Olimpiadaga yo‘llanmalar sonini bittaga ko‘paytirishdi.
Tailand poytaxti Bankonk shahrida boks bo‘yicha Parij 2024 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi litsenzion turnir yakuniy bosqichi kirib bormoqda. Quvonarlisi bugungi bahslarda - 66 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova Parij olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu ayollar boksidagi 4-yo‘llanmamiz bo‘lib turibdi. Hamyurtimiz chorak-final bahsida serbiyalik Kristina Kuluxovaga qarshi ringga ko‘tarilib yirik 5-0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu bilan u 4yillikning eng muhim musobaqasiga va musobaqa yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ayollar boksdagi olimpiada yo‘llanmasi egalari to‘liq tarkib: (hozircha)
1. Nigina O‘ktamova
2.Sabina Boboqulova
3.Sitora Turdibekova
4.Navbahor Hamidova


Izohlar (0)