Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Barkolaning PSJdan ketishi mumkin!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«PSJ» hujumchisi Bredli Barkola asosiy tarkibda o‘yin amaliyoti yetishmasligi sabab klubni tark etish istagini bildirdi.

PSJ jamoasi hujumchisi Bredli Barkola klubdagi holatidan mamnun emas. TEAMtalk nashrining yozishicha, yosh vinger Chempionlar ligasi yarim finali hamda finalida asosiy tarkibdan o‘rin olmagani sabab jiddiy ranjigan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mavsumning eng muhim o‘yinlarida zahirada qolish Barkolaga «PSJ»da yetarlicha o‘yin amaliyoti olishi qiyin bo‘lishini anglatgan. Shuningdek, futbolchi klub rahbariyatiga jamoani tark etish istagini bildirgan. Parijliklar hujumchini sotishga oshiqmayapti, biroq uning noroziligini ham yaxshi tushunishmoqda.

Barkolaga Evropaning qator yetakchi klublari – «Arsenal», «Liverpul», «Barselona», «Bavariya» va «Real» Madrid tomonidan jiddiy qiziqish borligi xabar qilinmoqda.

O‘tgan mavsumda vinger barcha musobaqalarda jami 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. 

Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Barkolaning bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q