Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsа" 100 million evrolik vunderkindni kutyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu yulduzchani olish oson bo‘lmaydi

Angliya Premier-ligasida mavsum kashfiyoti bo‘lgan "Bornmut" klubi hujumchisi Eli Zhunior Krupi yaqin vaqtlarda La Ligaga yo‘l olishi mumkin. 

19 yoshli fransuz futbolchisiga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirgani haqida jurnalist Adrian Sanches o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar yosh iste’dodni qo‘lga kiritish uchun aniq qadamlar qo‘ya boshlagan. "Bornmut" esa o‘zining yorqin yulduzi uchun 100 million yevro atrofida to‘lov talab qilmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Krupi nomini "PSJ" va "Bavariya" klublari bilan ham bog‘lagan edi. Bu jamoalar ham iqtidorli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Barselona" bilan raqobat qilishga tayyor ekani aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q