"Barsа": Al’vаrеs o‘rnigа ikkitasі bor!
«Barselona» hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha bir necha yo‘nalishda ish olib bormoqda. TEAMtalk nashri yozishicha, agar madridlik «Atletiko» tarkibida to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Julian Alvares bilan shartnoma imzolash imkoniyati bo‘lmasa, kataloniyaliklar zahira rejaga o‘tadi.
Manbalarga ko‘ra, hozircha kataloniyaliklar diqqat markazida o‘ziga yangi jamoa qidirayotganikki nomzod - Dushan Vlahovich va Darwin Nunes bor.
26 yoshli serbiyalik forvard «Yuventus»ni tark etganidan so‘ng erkin agent maqomiga ega bo‘lib turibdi va uni qo‘lga kiritish uchun ortiqcha rasmiyatchilik va muzokaralar talab etilmaydi.
27 yoshli urugvaylik hujumchi esa «Al-Hilol»ni tashlab ketishni istamoqda, chunki klub uning xizmatlariga endilikda ehtiyoj sezmayotgani aytilmoqda.

Fikrlar