Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsа" Frenki de Yongga narx belgiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uni olib ketinglar

«Barselona» niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongni qancha miqdorga sotishga tayyor ekani ma'lum bo‘ldi.

El Nacional nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar de Yong transfer qiymatini 65 million yevro atrofida belgilagan. Bu qaror jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchi bilan xayrlashish ehtimolini inkor etmaganidan so‘ng shakllangani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Flik avvalroq de Yongdan kapitanlik povyazkasini ham olib qo‘ygan edi. Ishonchli manbalarga ko‘ra, nemis mutaxassisi futbolchining harakatidan mamnun qolmagan: de Yong jarohati borligiga qaramay, 2026 yildagi jahon chempionati musobaqasida ishtirok etgan va natijada jarohatini yanada og‘irlashtirib, uzoq muddatga safdan chiqqani aytilmoqda.

23 avgust kuni «Barselona» Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Kataloniya klubi o‘z maydonida «Elche» jamoasini qabul qiladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q