Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsа" himoyasigа ikkі da’vogar chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga Kataloniyada joy yo‘q

«Barselona»ning oʻng qanot himoyachisi Ektor Fort Dortmundning «Borussiya»si va «Real Sosyedad» klublari transfer roʻyxatida qolmoqda.

Jurnalist Jerar Romero maʼlumoticha, ispaniyalik yosh himoyachi uchun kurashda avvalroq «Borussiya» asosiy daʼvogar sifatida koʻrilayotgan edi. Biroq nemis klubi transferni amalga oshirish uchun avval oʻz tarkibidan bir nechta futbolchi bilan xayrlashishiga toʻgʻri keladi. Bu esa kelishuvni kechiktirishi yoki murakkablashtirishi mumkin.

«Real Sosyedad»dagi vaziyat yanada ogʻirroq. Basklar hozircha «Barselona» belgilagan transfer narxini ham, 20 yoshli futbolchining maosh borasidagi talablarini ham qondirish imkoniyatiga ega emas.

Avvalroq «Barselona» Ektor Fortni sotish orqali taxminan 20 million yevro ishlab olishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Oʻtgan mavsumda kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi «Elche» jamoasida ijara asosida oʻynadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q