"Barsа" ichidan yangi maxfiy ma'lumot paydo bo'ldi
Jamoani bir o'yinchi qo'lga olyapti
Jamoada yangi yetakchi paydo bo‘ldimi? Hozir mana shu savol keng muhokama qilinmoqda. Chunki Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubida yangi yetakchi shakllanayotgani aytilmoqda.
Yozda jamoaga qo‘shilgan Entoni Gordon «Barselona» ichida tobora katta nufuz qozonmoqda. Bu haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Angliyalik futbolchi La Liga muhitiga tez moslashdi. U muxlislar orasida allaqachon sevimli o‘yinchiga aylandi, endi esa jamoa ichida ham hurmat qozona boshlandi.
- Gordon kiyinish xonasini zabt etmoqda! Entoni «Barselona»ga juda yaxshi moslashdi. Uning nomini baland ovozda qichqirayotganlar endi faqat tribunalar dagilar emas — bu kayfiyat jamoa ichiga ham kirib keldi.
Gordon o‘zining kamtarona munosabati va kasbga sidqidildan yondashuvi tufayli jamoaga oson kirishib ketdi. Til to‘siqi hali ham ma’lum darajada qiyinchilik tug‘dirmoqda, ammo u bu yo‘nalishda jiddiy ishlayapti. Qolaversa, u faqat ispan tili bilan cheklanib qolmayapti: katalan tili haqida ham ko‘proq bilish istagini bildirgan, - deb yozdi Sport.es nashri.

Izohlar (0)