"Barsа" mashhur hujumchini Saudiyadan Evropaga qaytaradi

  • 28.07.2026 22:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Manbalarga ko‘ra, «Barselona» sport bo‘limi mutasaddilari Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi hujumchisi Darvin Nunyеs nomzodini o‘rganmoqda.

Urugvaylik forvard kataloniyaliklar uchun asosiy nomzod emas, zahira varianti sifatida ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, «Barselona» Nunyеsni erkin agent sifatida olish imkoniga ega emas — «Al-Hilol» rahbariyatining mashhur  futbolchi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish niyati yo‘q.

Shu bois, hozircha eng real stsenariy sifatida ijara varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Darvin Nunyеs «Al-Hilol» safida jami 24 o‘yin o‘tkazgan. Ushbu bahslarda u to‘qqizta gol urdi va beshta golli uzatma muallifiga aylandi. Hujumchi Saudiya klubiga «Liverpul»dan o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!