Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsа" qimmat to‘purarni olmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklarga ko‘p gol uradigan o‘yinchi kerak

Kataloniya klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasida to‘p surayotgan Viktor Osimxen «Barselona»ning ehtimoliy transfer maqsadlaridan biriga aylangani aytilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, klubning sport direktori Deku nigeriyalik forvardga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor namoyon etgan. 

Shu bilan birga, Osimxen xizmatlariga Angliyaning «Tottenxem» jamoasi ham da’vogarlik sifatida tilga olinmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Osimxenning bozor qiymati 75 million yevro atrofida baholanmoqda.

Viktor Osimxen hozirgacha «Galatasaroy» safida 74 o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida 59 ta gol urgan va jamoadoshlariga 16 marta golli pas yo‘llagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q