Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsа" supertransferni rasmаn e'lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bo‘ldi, hammasi hal!

«Barselona» ijtimoiy tarmoq X dagi rasmiy sahifasida yarim himoyachi Rodri «Manchester Siti»dan jamoaga qo‘shilganini e’lon qildi.

Kelishuv borasida avvalroq matbuotda ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, «Barselona» va «Manchester Siti» Rodrining transferi yuzasidan printsipial kelishuvga erishgan. 

30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kataloniyaliklar to‘laydigan kafolatlangan summa 60 million evroni tashkil etadi. Yana 11 million evro miqdoridagi qo‘shimcha to‘lovlar esa turli bonuslar ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, shartnomada qator qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan, ular ishga tushsa, bitimning umumiy qiymati yanada oshishi ehtimoldan xoli emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodri «Barselona» bilan shartnoma imzolagandan so‘ng klub ofisini tark etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q