"Barsа" uchta superto‘purarga xaridor
Al’vares, Xoland, Keyn...
«Barselona» hujum chizig‘ini kuchaytirish rejasidan qaytmayapti. Gabriyel Jzezusning kelishiga qaramay, klub rahbariyati yana bir yuqori darajadagi forvardni olib kelish niyatida.
TalkSPORT tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar dunyo miqyosidagi yetakchi hujumchini qo‘lga kiritish bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, «sinegranatlar» uchun asosiy nomzod sifatida hozircha «Atletiko» safida to‘p surayotgan Xulian Al’vares ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, agar argentinalik futbolchini olib kelish imkoniyati bo‘lmasa, klub rahbariyati boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Xususan, «Barselona» «Bavariya» forvardi Garri Keyn va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kiritgani aytilmoqda.

Izohlar (0)