Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsа" xaridorlarga o‘z yulduzi narxini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar chempionning ketishiga qarshi emas

«Bavariya» rahbariyati «Barselona» yarim himoyachisini qo‘lga kiritishni istamoqda. «Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo yana Bundesligaga qaytishi mumkin. 

U avvalroq «Leyptsig» tarkibida Germaniya chempionatida to‘p surgan edi. Bu haqida Topskills Sports UK xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi esa taklif yetarlicha yuqori bo‘lsa, ya’ni taxminan 80 million yevro atrofida bo‘lsa, Olmoni sotishga tayyor.

Joriy mavsumda Dani Olmo «Barselona» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 7 o‘yin o‘tkazdi va 3 golli uzatma muallifiga aylandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov miqdori esa 500 million yevroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q