Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsа" yangi iste'dodni ushlab qoldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi u ketolmaydi

«Barselona» klubining markaziy yarim himoyachisi Pedro Rodriges jamoa bilan yangi to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida Barça Universal nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida klub tomonidan rasmiy bayonot e’lon qilinishi kutilmoqda. Pedro halicha «Barselona»ning asosiy jamoasi safida maydonga tushmagan, hozircha ikkinchi tarkibda o‘ynab kelmoqda. Kutilmoqda­ki, u navbatdagi «Tudelano»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Yangi mavsumda 18 yoshli Pedro Rodriges uchta o‘yinda ishtirok etdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

«Barselona»ning asosiy jamoasi esa La Liga musobaqasida yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti. Yetti turdan so‘ng kataloniyaliklar 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi pog‘onada bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q