“Barsa”, meni ol!

  • 26 fevral, 22:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Jonatan Devidning “Lill” bilan tuzgan shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi. 

Ayni paytda Evropaning bir necha yirik klublari kanadalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun uni hamkorlikka ko‘ndirishga urinmoqda. 

Fichajes nashri jurnalistlari 25 yoshli futbolchining o‘zi qaysi klubga ko‘chib o‘tmoqchi ekaniga oydinlik kiritdi. 

Manbaga ko‘ra, Jonatan Devidni “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” variantlarini qiziqtirayotgani yo‘q. Bu futbolchi o‘z taqdirini “Barselona” bilan bog‘lamoqchi. 

O‘z navbatida, asosiy to‘purari Robert Levandovskining yoshi o‘tib qolayotganini inobatga olgan kataloniyaliklar ham Jonatan Devidga qiziqish bildiryapti. 
Agar tomonlar o‘zaro hamkorlik masalasida kelisha olsa, yozda “Barselona” yana bir mohir to‘purarga ega bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!