“Barsa”, yulduzchangni jo‘nat, tarbiyalab beramiz!
Yosh oʻyinchilar bilan ishlash va ularning mahoratini shakllantirish boʻyicha mukammal tizimga ega boʻlgan “Ayaks” rahbariyati “Barselona”ning 18 yoshli oʻyinchisi Mark Bernalni ijarga olish masalasini oʻrtaga tashladi.
Ogʻir jarohatdan keyin Mark Bernal Katalonya klubida asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda va unga yetarli darajada oʻyin amaliyoti berilmayapti.
Sport.es saytining yozishicha, “kўk-anorranglilar” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ispaniyalik futbolchini katta isteʼdod sohibi, deb biladi va uning Katalonya jamoasini tark etishini istamaydi.
Germaniyalik mutaxassis yosh oʻyinchini rotatsiyada ishlatishga tayyor va yarim himoyachi asosiy tarkib uchun kurashishini kutmoqda.
Bernal “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Uning shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, Bernalning bozor qiymati 10 million yevroga teng.
Fikrlar