Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" 15 yoshli vunderkind topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yangi yulduz porlaydi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarim himoyachisi Justin Eyodamen Evropa grandi klublari e’tiborini o‘ziga qaratdi. Diario Sport nashrining yozishicha, futbolchiga «Barselona» va qator boshqa jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar Eyodamening o‘yinini yaqinidan kuzatib bormoqda. Uning jismoniy tayyorgarligi, texnikaga boy o‘yini va gol urishdagi samaradorligi «Barselona» skautlarini hayratga solgan. Klub skautlariga yosh futbolchining rivojlanishini doimiy ravishda tahlil qilib borish vazifasi yuklatilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Eyodamenga faqat «Barselona» emas, balki Italiya mashhur klublari — «Milan» va «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» hozircha Ispaniya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniya klubi to‘rt turdan so‘ng o‘z hisobini 12 ochko bilan boyitgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q