"Barsa" 50 million yevroga superhujumchi olmoqchi
"Barselona" rahbariyati PSJ tarkibida to‘p surayotgan fransuz hujumchisi Bredli Barkolaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Insayder Aleks Rodriges Sanches tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar yozgi transfer oynasi davomida 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. "Ko‘k-anorranglilar" Barkola uchun taxminan 50 million yevro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda. Futbolchiga besh yillik shartnoma taklif qilingan, unga ko‘ra u soliqlar undirilgunga qadar bir mavsum uchun 13 million yevro maosh olishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bredli Barkola PSJ safida 2023 yildan buyon o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda u Frantsiya chempionatida parijliklar tarkibida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va bir bor golli pas berdi. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar