"Barsa" Alvares va "Atletiko" oʻrtasida mojaro chiqarmoqchi
Kataloniyaliklar Xulian Al’varesdan qat’iy bayonot kutyapti
«Barselona» hali ham Julian Alvaresni qo‘lga kiritish rejasidan voz kechgani yo‘q. Argentina terma jamoasi hujumchisi o‘zi ham Kataloniya klubiga o‘tishni istamoqda.
Klub rahbariyati futbolchini «Atletiko» bilan ochiq to‘qnashuvga borishga undayotgani aytilmoqda.
Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, «Barselona» rahbarlari Julian dan jamoani tark etish niyati haqida qat’iy, jo‘shqin bayonot berishini so‘ragan.
Alvares esa kataloniyaliklarning bu yondashuviga rozi ekani qayd etilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik hujum chizig‘ini kuchaytirishda aynan Julian Alvaresni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Izohlar (0)