Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" Angliyadan yangi yulduz topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi

«Barselona» klubi skautlari «Fulxem» jamoasida to‘p surayotgan yosh hujumkor futbolchi Joshua Kingning o‘yini­ni diqqat bilan kuzatmoqda.

TEAMtalk nashri yozishicha, kataloniyaliklar skautlari joriy mavsumda bir necha bor «dachniklar» o‘yinlariga tashrif buyurib, 19 yoshli futbolchining harakatlaridan juda yaxshi taassurot olgan. 

Shu tariqa «Barselona» ingliz futbolida yulduz sifatida ko‘rilayotgan yosh iste’dod uchun kurashayotgan klublar safiga qo‘shildi. Avvalroq Joshua Kingga «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfermarkt portali mutaxassislariga ko‘ra, Joshua Kingning transfer bahosi 40 million yevro atrofida baholanmoqda. 

Joriy mavsumda u «Fulxem» tarkibida olti o‘yinda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir marta golli pas muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q