"Barsa" Argentina qahramonini nishonga oldi
Italiyaning amaldagi chempioni «Inter» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Bu haqida ElNacional.cat nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumoticha, «Barselona» argentinalik forvardni o‘z transfer ro‘yxatiga kiritgan va uning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar bir necha yil oldin ham Lautaroni olishga urinib, ammo o‘shanda kelishuv amalga oshmay qolgan edi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati yarim finalida Lautaro Martines zahiradan maydonga tushib, qo‘shimcha daqiqalarda Lionel Messi uzatmasidan g‘alaba golini urgan va Argentina terma jamoasini finalga olib chiqqan edi.

Fikrlar