"Barsa" baribir Alvaresdan voz kechmaydi
Ular oxirigacha kutadi
«Barselona» hali ham Xulian Alvares transferi bo‘yicha kelishuvga umid qilmoqda.
Bugun ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar «Arsenal» klubidan Gabriyel Jezusni sotib olishga kelishib olgan.
Kelishuv qiymati taxminan 10 million yevro etib baholanmoqda, shartnomada qo‘shimcha bonuslar ham nazarda tutilgan.
The Athletic nashri xabar berishicha, braziliyalik hujumchi bilan shartnoma imzolanishiga qaramay, kataloniyaliklar Xulian Alvares bo‘yicha rejalaridan voz kechmagan. Klub yozgi transfer oynasi yopilguncha «Atletiko» bilan kelishishga urinmoqda.
Shu bilan birga, argentinalik futbolchiga «Arsenal» tomonidan ham qiziqish saqlanib qolmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Alvaresning «Barsa»ga o‘tishi uchun yagona real variant qolgan – u «Atletiko» bilan shartnomani bekor qilishi kerak bo‘ladi. Bu holda to‘lanadigan kompensatsiya miqdorini sud belgilaydi.

Izohlar (0)