“Barsa”: Bu “El-klasiko”dagi oxirgi g‘alabangiz!
“Barselona” la Liganing o‘ninchi turida “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan “el-klasiko”da mezbonlardan 1:2 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Catalunya Radio jurnalistlarining ma’lum qilishicha, kataloniyalik futbolchilar bu uchrashuvni yaxshiroq o‘tkazish va ashaddiy raqib maydonidan ochko olib qaytish mumkin edi, degan xulosaga kelgan.
“Barselona” jamoasining etakchilaridan biri uchrashuvdan keyin kiyim almashtirish xonasida, “Qo‘yaveringlar, ular hozircha bayram qilaversin. Joriy mavsumda bu ularning “el-klasiko”dagi oxirgi g‘alabasi”, degani keltirilmoqda.
Hozircha, bu gapni kim aytgani sir tutilmoqda. Biroq bu so‘zlar odatda, bunaqa ozidan umuman bunaqa gaplar chiqmaydigan og‘ir-bosiq o‘yinchiga tegishli ekani aytildi.
“Barselona” futbolchilari bu xitobni bir ovozdan ma’qullab, vaziyatni o‘nglash uchun hammaga tez ta’sir qilishiga ishonch bildirishdi.



Fikrlar