Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Barsa” chempionga 20 million evro tikdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transfer o‘xshaydimi?

“Barselona” transfer bozoridagi ishlarini yakunlagani yo‘q. Klub yozgi transferlar oynasi yakunlanguniga qadar himoya chizig‘ini mustahkamlab olmoqchi.

Mundo Deportivo nashri kataloniyaliklar “Bayer” tarkibida Germaniya chempioni bo‘lgan Jonatan Tani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirganini yozmoqda.

Kataloniyaliklar transferni amalga oshirish uchun Bundesliga chempioniga 20 million evro taklif qildi. Biroq leverkuzenliklar bu summani qabul qilmadi. “bayer” o‘z himoyachisini 30 million evroga bag‘olamoqda.

Avvalroq, “Bavariya” ham o‘z 28 yoshli Taga og‘iz solgan edi. “Barselona” mutasaddilari leverkuzenliklar asosiy raqobatchisi kuchayib ketmasligi uchun Jonatan Tani Kataloniyaga qo‘yib yuborishiga ishonmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q