"Barsa" Ferranni sotmoqchi emas!

  • 26.07.2026 14:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» hozircha Ferran Torresga ishonch bildirishda davom etmoqda va uni yozgi transfer oynasida sotish rejasi yo‘q.

Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, klubga hozirgacha na PSJ, na futbolchi tarafi rasmiy taklif yoki so‘rov yo‘llagan.

26 yoshli hujumchi PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikega ma’qul tushgani aytilmoqda. Shu bilan birga, «Barsa»ning pozitsiyasi aniq: Agar Torres jamoani tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqsa, bu haqda shaxsan rahbariyatga murojaat qilib, transfer so‘rashini klub kutmoqda.

Ferran hozircha jahon chempionatidan keyingi ta’tilda. U finalda Argentinaga qarshi o‘yinda gol urib, Ispaniyaga tarixidagi ikkinchi jahon chempioni unvonini ta’minlab bergan edi. Torres 10 avgust kuni «Barselona» ixtiyoriga qaytib, mashg‘ulotlarga qo‘shilishi kutilmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Kataloniya klubi uni uzaytirish niyatida. Muzokaralarni sentabr oyida – transfer oynasi yopilgandan keyin boshlash rejalashtirilgan. Bu orqali moliyaviy feyr-pley qoidalari bo‘yicha ortiqcha muammolar kelib chiqmasligi ko‘zda tutilmoqda.

Shartnoma uzaytirilgan taqdirda, «Barselona» 2022 yildagi kelishuv shartlariga muvofiq «Manchester Siti»ga yana 8 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ferran Torres «Barselona» tarkibida 207 o‘yin o‘tkazib, 65 ta gol urgan. O‘tgan mavsum esa uning klubdagi eng samarali yili bo‘ldi – 49 uchrashuvda 21 marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!