"Barsa" Flik o'rniga yangi murabbiy tanlab qo'ydi
Klub sobiq futbolchisidan katta umid qilmoqda
«Barselona» sport direktori Deku va uning yordamchisi Boyan Krkichning fikricha, Serxio Buskets kelajakda yuqori darajadagi murabbiyga aylanishi mumkin. Bu haqida RadioCAT xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Buskets bilan uchrashuv chog‘ida Deku uning futbolni chuqur anglashi, aniq taktik qarashlari va mustahkam xarakteriga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, Buskets «Barselona» falsafasi va jamoaning o‘yin uslubini juda yaxshi his qiladi.
«Barselona B» jamoasida ish boshlagan ilk haftalaridanoq Buskets yosh futbolchilarga ta’sir o‘tkazish qobiliyatini namoyish eta boshladi.
Agar uning murabbiylik faoliyati shu tarzda rivojlanishda davom etsa, klub rahbariyati 5–6 yil ichida uni asosiy jamoa bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko‘rish mumkin, deb hisoblamoqda.

Izohlar (0)