Asosiy mazmunga oʻtish

"Barsa" Flik o'rniga yangi murabbiy tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Klub uzoqni ko‘zlab ish qilmoqchi

«Barselona» rahbariyati bosh murabbiy Xansi Flik bilan hamkorlik tugagan taqdirda jamoani kimga ishonib topshirish masalasini oldindan o‘ylab qo‘ygan. 

Kataloniya klubi kelajakda jamoani sobiq futbolchisi Sesk Fabregasga topshirish niyatida.

Hozirda ispaniyalik mutaxassis Italiya ning «Komo» jamoasini boshqarmoqda. Jurnalist Serxi Kapdevilaning ma’lum qilishicha, Fabregas «Barselona» uchun uzoq muddatli istiqbolda eng ustuvor variant sifatida ko‘rilmoqda.

Gap yaqin vaqt ichida tayinlov haqida ketayotgani yo‘q. Ammo Flik bilan yo‘llar ajralishi vaqti kelganda, kataloniyaliklar birinchi navbatda aynan Sesk Fabregas nomzodiga murojaat qilishni rejalashtirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q