Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa", futbolchini arzon ber!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Savdo davom etmoqda

«Liverpul» rahbariyati «Barselona»dan ijaraга olingan himoyachi Ronald Arauxoni o‘z safiga to‘liq qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Urugvaylik futbolchining so‘nggi o‘yinlardagi o‘yini angliyalik klub rahbariyatini jiddiy o‘yga solgan. Endi «qizillar» Arauho transferi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlashi mumkin. 

Jurnalist Lyuis Stil ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» «Barselona» bilan futbolchini kamaytirilgan narx evaziga sotib olish yuzasidan kelishib olishi ehtimoldan xoli emas. Eslatib o‘tamiz, shartnomada ko‘rsatilgan rasmiy ozod etish miqdori taxminan 55 million yevroni tashkil etadi.

Ronald Arauho joriy mavsumda Andoni Iraola jamoasi safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali markaziy himoyachi, shuningdek, o‘ng qanotda ham o‘ynay oladigan futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q