"Barsa" ham, "Real" ham emas! Dunyodagi eng zo‘r klub aniqlandi
Zo‘ri qaysi ekan?
Opta tadqiqot tarkazi tahlilchilari dunyodagi eng kuchli futbol klublari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Angliya premer-ligasining amaldagi chempioni Londonning «Arsenal» jamoasi egalladi.
Ikkinchi o‘ringa Myunxenning «Bavariya» klubi joylashgan. Kuchli uchlikni «Manchester Siti» yakunlab beradi.
To‘rtinchi pog‘onada Kataloniyaning yetakchi klubi – «Barselona», beshinchi o‘rinda esa ketma-ket ikki mavsum Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchgan PSJ qayd etilgan.
Kuchli o‘nlikdan «Real», «Liverpul», «Brayton», «Aston Villa» va «Inter» jamoalari ham o‘rin oldi.
Izohlar (0)