"Barsa" Hamza bo‘yicha rejasini o‘zgartirdi

  • 08.09.2026 06:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Manbalarga ko‘ra, «Barselona» misrlik forvard Hamza Abdulkarimning kelajagi bo‘yicha o‘z qarorini qabul qilgan.

Kataloniya klubi yosh futbolchi bilan shartnomani qayta imzolashni rejalashtirmoqda. Ispaniyaning yetakchi jamoasi rahbariyati alohida reja ishlab chiqqan va futbolchiga qiziqish bildirishi mumkin bo‘lgan klublarni orqaga chekinishga majbur qilishni istamoqda. 

Shu maqsadda «Barselona» Abdulkarimning to‘lov miqdorini 150 million yevro darajasigacha oshirish niyatida.

Hamza Abdulkarim qishki transfer oynasida «Barselona» safiga qo‘shilgan edi. Yaqinda u katalon klubining asosiy jamoasi tarkibida ilk rasmiy o‘yinni o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!