"Barsa" himoyachi transferi bo‘yicha muzokara boshladi

  • 18.10.2026 11:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Betis» markaziy himoyachisi Natanning faoliyati «Barselona»da davom etishi mumkin. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» 25 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olishni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar sport direktori Deku allaqachon Natanning agenti bilan bevosita muzokaralarni boshlab yuborgan. Potentsial kelishuv qiymati 45 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda Natan barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Himoyachining amaldagi shartnomasi «Betis» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari braziliyalik futbolchini 30 million yevro atrofida baholamoqda.

Avvalroq Deku va Flik «Barselona»ning transfer siyosati borasida umumiy qarorga kela olmayotgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!