“Barsa” himoyachisi o‘zini qiynagan “Real”dagi raqibi nomini aytdi
“Barselona”ning iqtidorli yosh o‘yinchilaridan Pau Kubarsi ashaddiy raqib – “Real”ning qaysi futbolchisiga qarshi himoyalanish qiyin ekanini haqidagi savolga javob qaytardi.
Undan markaziy himoyachi sifatida hujumchi Kilian Mbappe yoki maydon ichkarisidan kutilmaganda hujum qiladigan Jud Belligemdan qay biriga qarshi o‘ynash qiyinligini so‘rashdi.
- Ikkisiga qarshi o‘ynash qiyin. Mbappe serharakat, maydon bo‘ylab hujum qiladi va o‘ta tezkor. Bellingem sen kutmagan pozitsiyadan hamla qiladi. Men uchun Mbappe tezligi evaziga xavfliroq, deb bilaman. U to‘pga birinchi tegishidayoq hujumni gol bilan yakunlash imkoniga ega, - dedi Pau Kubarsi.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumning birinchi “el-klasiko”si 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. La Liganing 10-turida “Real” Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida amaldagi chempion “Barselona”ni qabul qiladi.

Fikrlar