"Barsa" himoyasiga Manchesterdan ish topildi
Darrov qabul qilish kerak
«Barselona»ning yosh flang himoyachisi Alehandro Bal’de yaqin vaqtlarda «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida Ispaniyadagi mashhur sport nashri Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil shaytonlar» Bal’dega jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning atrofidagi vaziyatni yaqinidan kuzatib bormoqda. Avvalroq 22 yoshli ispaniyalik futbolchi qishki transfer oynasida «Barselona»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Bal’de Ispaniya La Ligasida faqat bitta uchrashuvda maydonga tushdi va haligacha gol yoki golli pas bilan ajralib tura olgani yo‘q.
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari Bal’de transfer qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)