“Barsa” hujumchisini uch klub olib ketmoqchi

  • 2 iyun, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” asosiy tarkibidan muqim joy ola bilmagan iste’dodli hujumchi Pau Viktor faoliyatini boshqa klubda davom ettirish imkoniyaga ega.

Tecno

Kataloniyaliklar bu o‘yinchini 2023 yili yoshlar jamoasi uchun “Jirona”dan ijaraga olib, bir yil o‘ynatganidan keyin 2,7 million evroga to‘liq transfer qilgandi.

Pau Viktor yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda jami 29 marotaba maydonga tushgan bo‘lsa-da, umumiy hisobda 379 daqiqa o‘ynadi. Maydonda qisqa muddat o‘ynaganiga qaramay, ikkita gol va bitta assist muallifi ham bo‘ldi.

Jurnalist Adrian Sanchesning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi mutasaddilari Pau Viktorning iqtidorini yuqori baholamoqda va kelajakda asosiy jamoaning muqim o‘yinchisiga aylanishini kutyapti.

Shu bois, murabbiylar shtabi 23 yoshli forvardni ijaraga yuborishga rozilik berdi. Uni La Liganing uch jamoasi – “Jirona”, “Sevilya” hamda “Valensiya” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!