“Barsa” ikki yulduzdan birini tanlashi kerak

  • 15 sentabr, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati tarkibnikuchaytirish maqsadida ikki nafar yarim himoyachi nomzodini o‘rganmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, kataloniyaliklar Bernardu Silva (“Manchester Siti”) hamda  Daniel Olmodan (“RB Leyptsig”) birini tanlashi kerak.

Manbaning ta’kidlashicha, “Barselona” kelasi yoz bu futbolchilarning shartnomasida ko‘rsatilgan badal pulini to‘lash orqali, ularni qo‘lga kiritmoqchi.

Bundesligada porlayotgan Olmoning transfer narxi 40 million evro qilib belgilangan. Bernardu Silvani olish uchun kataloniyaliklar 80 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ tikishi kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!