Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsa" Karimni Kataloniyaga kelishga ko‘ndirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Muzokaralar uzoq vaqt, ammo maxfiy olib borilgan

«Borussiya» (Dortmund) hujumchisi Karim Adeyemi «Barselona» safini to‘ldirmoqda. Bu haqida ishonchli manbalarga ega jurnalist Jerar Romero xabar berdi. Yaqin soatlar yoki kunlarda transfer rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar nemis forvardi bo‘yicha muzokaralarni ancha vaqtdan beri, lekin jamoatchilik e’tiboridan yiroq holda olib borgan. Ommaviy axborot vositalari asosan Xulian Al’vares atrofidagi ehtimoliy kelishuvga qaratilib qolgani, «Barselona»ga esa ikkinchi nomzod bilan tinch-osoyishta kelishish imkonini bergan.

Qiziği shundaki, Karim Adeyemi uchun avvalroq «Real» ham kurash olib borgan edi. Biroq transfer poygasida ustunlik «Barselona» tomonida qoldi va kataloniyaliklar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga erishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q