Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" katta yo'qotishga uchradi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbolchi oxirigacha o‘ynolmadi

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi Ispaniya chempionati ikkinchi turida «Elche»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Kataloniya klubi maydonni yirik 5:0 hisobida tark etdi, ammo 21 yoshli futbolchi uchrashuvni oxirigacha davom ettira olmadi.

Gavi tizzasidan jarohat olib, o‘yinni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. 45-daqiqada uning o‘rniga maydonga Pedri tushirildi.

Uchrashuv yakunlangandan so‘ng «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchining ahvoli haqida ma’lumot berdi.

«Tizza jarohati. Hozircha kutamiz. Jarohat olgan paytda o‘ylaganimizdan biroz yaxshiroq ko‘rinadi. O‘yindan keyin holati ancha yaxshilandi. MRT tekshiruvi o‘tkazamiz va shundan so‘ng aniqroq ma’lumot bo‘ladi», — dedi Flik. Uning so‘zlarini insayder Fabrizio Romano keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Gavi 2023 yilda ham jiddiy tizza jarohati olgan edi — o‘shanda ispaniyalik futbolchining oldingi chorrаha bog‘lamlari uzilgani aniqlandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q