"Barsa" kerakli oʻyinchini "Liverpul"dan topdi
Transfer qishga mo‘ljallangan
«Liverpul»ning oʻng qanot himoyachisi Jeremi Frimpongga «Barselona»dan jiddiy qiziqish paydo boʻldi.
Niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumni unchalik ishonchli boshlamadi. Murabbiy Andoni Iraola hozircha uni asosiy tarkibda doimiy oʻyinchi sifatida koʻrmayapti. Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Kataloniya klubi qishki transfer oynasida Frimpongni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
25 yoshli futbolchining oʻzi ham «Barselona» safiga oʻtish gʻoyasiga ijobiy qaraydi.
Manbaga koʻra, «Liverpul» Jeremi Frimpongni taxminan 35 million yevro atrofidagi summa evaziga sotishga tayyor. Leverkuzenning «Bayer» klubida yulduzga aylangan himoyachining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan.

Izohlar (0)