Asosiy mazmunga oʻtish

"Barsa": Ketaver, o'rningga zo'ri bor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ispaniyalik himoyachi qishda "Barselona"ni tark etmoqchi

«Barselona» qishki transfer oynasida 26 yoshli italyalik himoyachi Andrea Kambyazoni «Yuventus»dan olib kelish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. 

Bu haqida Calciomercato nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu transfer Aleks Baldening jamoani tark etishiga bog‘liq bo‘ladi.

Manbaning yozishicha, aynan «Yuventus»ning o‘zi Baldega jiddiy qiziqish bildirgan. «Barselona» yosh ispaniyalikni 40–50 million yevro atrofida baholamoqda. Kambyazo esa turinliklar tomonidan taxminan 30 million yevro evaziga sotilishi mumkin. Shu bilan birga, Balde uchun «Yuventus» yagona manzil emas — qishda u «Roma» klubiga ham o‘tishi ehtimoli bor.

Kambyazo 2023 yildan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilmoqda, ungacha u «Bolonya» tarkibida to‘p surgan. Joriy mavsumda italyalik himoyachi turinliklar safida olti o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli pas bergan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q