"Barsa" kutilmaganda "Real"dan ketgan futbolchini olmoqchi

  • 06.09.2026 14:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstriya terma jamoasi sobiq yetakchi himoyachisi David Alaba, so‘nggi yillarda Madriddning «Real» klubi sharafini himoya qilgan futbolchi, faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.

Insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda erkin agent maqomiga ega 34 yoshli Alabaga Kataloniya grandi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchi bilan Myunxenning «Bavariya» klubida birga ishlagan va himoyachining imkoniyatlarini yaxshi biladi. Shu bilan birga, Alabaga faqat kataloniyaliklar emas, balki Rimning «Latsio» va «Roma» jamoalari ham da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda David Alaba Madriddning «Real» tarkibida Ispaniya chempionatida bor-yo‘g‘i 11 ta o‘yinda maydonga tushgan va shu bahslarda bir marta sariq kartochka olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!