"Barsa" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi!
"Barselona" jamoa tarkibini kuchaytirish borasida rejalar tuzmoqda. "Transfer News Live" nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Fil Fodanni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Fodanning "Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tgan yil noyabr oyidan beri davom etmoqda, ammo hozircha tomonlar bir to‘xtamga kelmagan. Bu esa yozdagi ehtimoliy transfer uchun imkoniyat yaratadi.
Transfermarkt portali 25 yoshli o‘yinchining transfer qiymatini 80 million yevro deb baholamoqda.
Foden "Manchester Siti"ning asosiy jamoasi safida 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 110 ta gol urgan va 66 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar