"Barsa" muhim transferni tasdiqladi
Hammasi hal bo‘ldi
Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta Dortmundning «Borussiya» jamoasida to‘p surib kelayotgan yarim himoyachi Karim Adeyemi transferi bo‘yicha izoh berdi.
- Karim juda tezkor, yuqori saviyadagi futbolchi. Uning o‘yinlarini ancha vaqtdan beri kuzatib kelayotgandik. Karimni jamoamizga qo‘shib olayotganimizdan mamnunmiz.
Deku bu borada katta ish qildi, – deya Joan Laportaning so‘zlarini insayder Fabrizio Romano keltirgan.
OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» Adeyemi uchun «Borussiya»ga 22 million yevro to‘laydi. Yana yetti million yevro turli bonuslar ko‘rinishida mo‘ljallangan. Futbolchi bilan besh yillik uzoq muddatli shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar (0)