Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" narxni eshitib, qo‘rqib ketdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar o‘ylab xarajat qiladi

Ispaniyaning amaldagi chempioni «Barselona» klubi rahbariyati yuqori transfer narxi sababli Yan Diomandeni olish rejasidan voz kechdi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar bir necha oy oldin «RB Leyptsig» bilan hujumchi bo‘yicha aloqaga chiqqan. Biroq nemis klubi futbolchini 100 million evrodan ortiq summaga baholagan.

Shundan so‘ng «Barselona» Kot-d′Ivuar terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Diomandeni variant sifatida ko‘rib chiqishni to‘xtatdi va e’tiborini Entoni Gordon transferiga qaratdi.

Avvalroq «Real» Diomande uchun 100 million evrodan yuqori miqdordagi transfer bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q