Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa"ning transfer rejalarini o'zgartirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Maydon tashqarisida ham ishlar ko‘p

«Barselona» rahbariyati markaziy himoyachi pozitsiyasi endilikda shoshilinch tarzda kuchaytirishni talab qilmasligini ma’lum qildi. Bu haqida jurnalist Adrian Sanches xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Andreas Kristensen bilan shartnoma uzaytirilganidan so‘ng, kataloniyaliklar himoya chizig‘ini yetarlicha to‘liq deb hisoblamoqda. Bu qaror Ronald Arauho va Alvaro Kortes jamoani tark etganiga qaramasdan qabul qilingan.

Ispaniya La Ligasida beshta tur ortda qolgan bir paytda «Barselona» musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa har bir uchrashuvda g‘alaba qozonib, 15 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq xabar qilinganikdek, transfer oynasi yopilishi oldidagi so‘nggi kunlarda «Barselona» «Tvente» klubida to‘p surgan 18 yoshli markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q