"Barsa": O'ntada o'nta g'alaba!
Kataloniyaliklar to‘xtaydiganga o‘xshamaydi
«Barselona» Chempionlar ligasidagi navbatdagi oʻyinida ham ishonchli gʻalaba qozonib, gʻalabalar seriyasini davom ettirdi. Kataloniya klubi safarda «Galatasaray»ni yirik hisobda magʻlub etdi – 4:1.
Oʻyinning 28-daqiqasida turkiyaliklar hisobni ochishga muvaffaq boʻldi – Aleksey Batrakov mezbonlar tarkibida gol urdi. Biroq «Barselona» tezda oʻzini qoʻlga oldi: taym oxiriga qadar hisobni tenglashtirdi, ikkinchi boʻlimda esa yana uch bor raqib darvozasini ishgʻol etib, navbatdagi yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa joriy mavsumda barcha oʻnta oʻyinda gʻalaba qozondi. Bu bellashuvlardagi umumiy toʻplar nisbati ham hayratlanarli – 43:10.
Kataloniya klubi tarkibida bu kecha Joau Kanselu, Fermin Lopes, Entoni Gordon va Karim Adeyemi oʻz gollari bilan ajralib turdi. 17 oktyabr, shanba kuni «Barselona» La Liga doirasida «Betis» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar (0)