Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" o‘ziniklarni tabrikladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Barsachilar" o'zini ko'rsatdi

La Liganing amaldagi chempioni «Barselona» klubi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan o‘z futbolchilarini tabriklab, rasmiy sahifalarida alohida xabar e’lon qildi.

Klub ushbu nashrda Ferran Torres va Pau Kubarsiga berilgan mukofotlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Ferran Torres jahon chempionati finalining eng yaxshi o‘yinchisi, Pau Kubarsi esa musobaqaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgani qayd etildi. 

Shuningdek, «ko‘k-anorranglilar» Lamin Yamalning tarixiy yutug‘ini alohida ta’kidlashdi: u 20 yoshga to‘lmagan holda ham Yevropa chempionati, ham jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasi Argentina ustidan g‘alaba qozondi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q