“Barsa” olib qolmasa, Evropadan ketaman!

  • 02.01.2024 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha mavsumdan beri iste’dodini to‘liq ro‘yobga chiqara olmayotgan Joau Feliksning kelajagi yana mavhum bo‘lib turibdi.

“Benfika”dagi yorqin faoliyatidan keyin 2017 yili 127 million evro evaziga “Atletiko”ga transfer qilingan hujumkor futbolchi shu paytga qadar biror jamoaning asosiy tarkibidan muqim o‘rin egallay olgani yo‘q.

“Atletiko”dan keyin Joau “Chelsi”da to‘p tepdi. Biroq “aristokratlar” ham uni olib qolmadi. O‘tgan yoz Feliks ijara asosida “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi. Boshida zo‘r o‘ynagan futbolchini kataloniyaliklar to‘liq sotib olmoqchi edi.

Keyinchalik uning o‘yinida pasayish kuzatildi va Xavi Ernandes Joauning jamoaga kerakligidan shubhalanib qoldi.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Joau Feliks “Barselona” rahbariyatidan yakuniy qarorni kutmoqda. Agar kataloniyaliklar unga yangi shartnoma taqdim qilib, jamoada olib qolmasa, Feliks Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.

Arab klublari Evropada o‘z nomiga ega bo‘lgan futbolchini ishsiz qoldirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!