“Barsa” o‘ta qimmat transferga qo‘l urmoqchi

  • 19 fevral, 06:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona”ning germaniyalik bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa tarkibini kuchaytirish uchun o‘z yurtidan o‘yinchi qidirmoqda.

Kataloniyaliklarga yangi pleymeyker kerak. Niderlandiyalik Frenki de Yong Flikning ishonchini qozona olgani yo‘q. Avvaliga “Barselona” mutasaddilari “Bavariya”dan jamol Musialani olmoqchi edi. 21 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan kelishuvni 2030 yilgacha uzaytirganidan keyin bu mavzu yopildi.

Endi Flik e’tiborini “Bayer” etakchisi Florian Virtsga qaratdi. Garchi 21 yoshli bu o‘yinchi 140 million evroga baholanayotgan bo‘lsa-da, “Barselona” prezideti Joan Laporta va sport direktori  Deku transfer bo‘yicha ish boshlagani aytilmoqda.

Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatmoqda.

Kataloniyaliklar Virts transferini uddalash oson bo‘lmaydi. Chunki pleymeykerga “Real”, “Bavariya”, “Manchester Siti” kabi katta klublar ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
19/02/2025 12:08
Баланд сакрамокчи "думбалар". Узи томогигача карзи болса. Кузатамиз, якин орада бошка уйинчини кузатамиз, курбимиз етмади чикса ажойибмас