"Barsa" oʻyinchisini sotmoqchi, "Chelsi" asosiy daʼvogar

  • 07.04.2026 13:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" qanot himoyachisi Jyul Kunde yozgi transferlar oynasida Angliya Premier-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqida "Topskills Sports UK" xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar fransuz futbolchisini yozda sotishga qaror qilgan. Unga asosiy da’vogarlik sifatida Londonning "Chelsi" klubi ko‘rilmoqda. "Aristokratlar" ushbu transferni amalga oshirish uchun bor kuchini ishga solmoqchi.

Shu bilan birga, Angliyaning boshqa klublari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Kunde barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli himoyachining bozor bahosi 65 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!