“Barsa”: Poyezd ketib bo‘ldi, Niko!

  • 05.01.2026 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘tgan yoz “Barselona” taklifini so‘nggi pallada rad etib, “Atletik” jamoasi bilan amaldagi shartnomasini o‘n yilga uzaytirgan Niko Uilyamnsning fikri o‘zgardi.

El Nacional nashriga  ko‘ra, endi 23 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan hamkorlik qilish istagini bildirayapti.

Biroq Kataloniya klubi rahbariyati Niko Uilyamns borasida qat’iy pozitsiyaga ega va u bilan hamkorlik qilmaslik bo‘yicha yakuniy qarorga kelib bo‘lgan.

Bundan tashqari, klub rahbariyati futbolchining jismoniy holati bilan bog‘liq muammolar bor, deb hisoblamoqda. Chunki uning joriy chempionatdagi statistikasi o‘tgan mavsumga nisbatan sezilarli darajada yomonlashgan.

Bu mavsumda bilbao­liklar yetakchisi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali Niko Uilyamnsning qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!