Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Barsa” qattiq afsusda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Reja tamomila barbod bo‘ldi

La Liga rahbariyati chempionatning 17-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvni AQShning Mayami shahrida o‘tkazish g‘oyasi bekor bo‘lganini ma’lum qildi. Bu uchrashuv 20 dekabrga mo‘ljallangan edi.

Kataloniya superklubi kutilmagan qarorga munosabat bildi.

-  “Barselona” Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan La Liganing 17-turida “Vilyarreal” bilan bo‘ladigan uchrashuv bekor qilingani haqidagi qarorni hurmat bilan qabul qiladi.

“Barselona” musobaqaning imidjini strategik bozorda yanada kengaytirish, barchaning manfaati yo‘lida mavjud resurslarni yanada rivojlantirish imkoniyati barbod bo‘lganidan afsusda.

Klub AQShdagi muxlislarini bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagani uchun qadrlaydi va ularning yurtida jamoaning rasmiy uchrashuvini tomosha qilish imkoniyatidan ayrilganiga afsusda ekanini bildiradi, - deyiladi “Barselona” bayonotida.

Ma’lumki, Mayamidagi uchrashuv tashkilotchilari tadbirni yuqori darajada o‘tkazish uchun vaqt etishmasligini va shu sabab o‘yinni o‘tkazish imkoni yo‘qligini ma’lum qilgan.

Aytish joizki, kataloniyaliklarning tashabbusi bo‘lgan chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazish g‘oyasiga “Barselona”ning ashaddiy raqibi “Real” jiddiy qarshilik ko‘rsatayotgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q